Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Hashar

Hashar
Mahalla obod — yurt obod Ushbu shior ostida yurtimizda o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharining ikkinchi kuni ham ko’tarinki kayfiyatda boshlandi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va tizimdagi ilmiy muassasalar jamoalari Markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent ilmiy tajriba stansiyasi hududida obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Atrof-chet qurugan xas-hashakdan tozalanib sarusta qilinyapti va daraxtlar tupi oqlanyapti. E’tiborlisi, hasharda barcha bayromona kayfiyatda. Rahbarlar ham shaxsiy namuna ko’rsatmoqda. ‼ Bu albatta hasharchilarni ruhlantirib, ilmiy muassasalar rahbarlariga maktab bo’lishi bilan ahamiyatlidir. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEBTelegram Instagram | Facebook | Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.