Hashar

Mahalla obod — yurt obod
Ushbu shior ostida yurtimizda o‘tayotgan umumxalq xayriya hasharining ikkinchi kuni ham ko’tarinki kayfiyatda boshlandi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va tizimdagi ilmiy muassasalar jamoalari Markaz tizimidagi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Toshkent ilmiy tajriba stansiyasi hududida obodonlashtirish ishlarini boshlab yubordilar. Atrof-chet qurugan xas-hashakdan tozalanib sarusta qilinyapti va daraxtlar tupi oqlanyapti.
E’tiborlisi, hasharda barcha bayromona kayfiyatda. Rahbarlar ham shaxsiy namuna ko’rsatmoqda.
‼ Bu albatta hasharchilarni ruhlantirib, ilmiy muassasalar rahbarlariga maktab bo’lishi bilan ahamiyatlidir.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEBTelegram Instagram | Facebook | Youtube