Har qarich yer va natija uchun davlat oldida hisobdormiz

⌛ Bugun Milliy markazda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda rahbar tomonidan bildirilgan ushbu fikr ko‘pchilikni sergak torttirgan bo‘lsa kerak. Bu haqda sal keyinroq to‘xtalamiz.
Odatda dushanba kuni deyarli barcha tashkilotlarda ish rejalashtirishdan boshlanadi. Yig‘ilishning avvalida o‘tgan hafta berilgan topshiriqlarning ijrosi tahlil qilinib, mas’uliyatsiz xodimlarga nisbatan e’tiroz bildiriladi. Ogohlantirishlardan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan xodimlarga nisbatan jiddiyroq choralar ham ko‘riladi. Shu bois ko‘pchilik dushanba kunini og‘ir kun, deya ta’riflashsa kerak.
Shundan so‘ng yangi rejalar bayon qilinib, topshiriqlar beriladi. Milliy markazning yangi ish haftasi ham ana shu taomilga asosan boshlandi. E’tiroflisi, mas’uliyatli jamoa rahbarning jiddiy e’tiroziga uchramadi. Ammo bugungi yig‘ilishda Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov tomonidan tizimdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy-tajriba stansiyalari rahbarlari uchun jiddiy ogohlantirish e’lon qilindi.
‼– O‘lkamizda pishiqchilik mavsumi – yoz fasli boshlandi. Tajriba dalalarimizda g‘alla o‘rimiga kirishildi. Birin-ketin mahsulotlar tayyor bo‘la boshlaydi. Yodingizda bo‘lsin, yetishtirilgan har bir misqol don va mahsulot aniq hisob-kitob qilinadi. Bugun tizim yangi qon va yangicha ruh bilan ishlayapti. Eskicha qarash va ish yuritishdan voz keching. Chunki xalq va davlat oldida har qarich yer va natija uchun hisobdormiz! – deya qat’iy ta’kidladi Milliy markaz rahbari Sh. Otajonov.
Kun tartibidan o‘rin olgan yana bir masala – eksprement tariqasida o‘tkazilayotgan “xonadonbay” ilmiy loyihalarning holati tahlil qilinib, ekspertizada ijobiy xulosa olgan 12 ta loyihaga mablag‘ yo‘nalishtirilishi ma’lum qilindi.
Yig‘ilish so‘nggida Respublika agroxizmatlar markazining viloyatlardagi markazlariga tayinlangan yangi rahbarlar jamoaga tanishtirildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube