Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Har bir xodim ishga vijdonan, to‘g‘ri yondashsagina, islohotlarimiz samara beradi

Har bir xodim ishga vijdonan, to‘g‘ri yondashsagina, islohotlarimiz samara beradi
​Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar natijadorligi, investitsiya ko‘rsatkichlarining joriy holati hamda vazirlik va uning tizim tashkilotlari faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi o‘tkazildi. Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan yig‘ilishda vazirlik rahbariyati, hududiy boshqarmalar boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda vazirlik departamenti va boshqarmalari mutasaddilari ishtirok etdi. Dastlab, yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan 2024-yil 1-yarim yilligi uchun belgilangan investitsiya dasturi ijrosining joriy holati, Buyuk ipak yo‘lining qishloq xo‘jaligi ta’lim va tadqiqot, innovatsiyalar Alyansining poytaxtimizda o‘tkaziladigan 9 yillik anjumaniga tayyorgarlik ishlari, hamda agrar sohada kechiktirib bo‘lmaydigan bir qancha muhim masalalar bo‘yicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalasiga to‘xtalgan vazir Ibrohim Abdurahmonov, bu bo‘yicha olib borilayotgan ishlar qoniqarli emasligi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish rejasi 6 % ni ham tashkil etmayotganiga e’tibor qaratar ekan, vazirlik boshqarmalari boshliqlari quyi tashkilotlar bilan samarali faoliyat olib bormayotganini tanqid qildi. Jumladan kichik agrologistik markazlar tashkil etish bo‘yicha 65 mln AQSH dollarlik investitsiya mablag‘i uchun shu paytgacha loyihalar ishlab chiqilmaganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilishda Buyuk ipak yo‘li qishloq xo‘jaligi ta’lim va tadqiqot, innovatsiyalar Alyansining poytaxtimizda o‘tkaziladigan 9 yillik anjumaniga tayyorgarlik ishlari ham ko‘rib chiqilib, mazkur tadbirni yuksak darajada o‘tkazish uchun mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Yig‘ilishni yakunlar ekan, vazir Ibrohim Abdurahmonov, mana shu Ona Vatanda yashar ekanmiz mamlakatimiz taraqqiyoti uchun hamma og‘izbirlik asosida ish olib borishi, mamlakat manfaati yo‘lida tinimsiz mehnat qilishi lozimligini aytib o‘tdi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.