Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Har bir tomorqa – e’tiborda: olimlar joylarda o‘rganish olib bormoqda

Har bir tomorqa – e’tiborda: olimlar joylarda o‘rganish olib bormoqda
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Q. Jumaniyazov boshchiligidagi olimlar guruhi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi tomorqa xo‘jaliklarida bo‘lib, ekinlarning holatini o‘rgandi. O‘rganishlar davomida ayrim tomorqalarda zararkunandalar, suv ta’minoti va agrotexnik tadbirlar bilan bog‘liq muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Xususan, U. Xasanov xonadonining 10 sotix tomorqasidagi pomidor ekinlarida zararkunandalar ta’siri kuzatilib, himoya vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, F. Karimovaning 30 sotix ijaradagi yer maydonidagi pomidor ekinlari ham ko‘zdan kechirildi. G. Mirg‘ulomova xonadonida ekinlarga zarar yetkazayotgan omillar o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi. D. Mahmadazimovaning 20 sotix tomorqasidagi makkajo‘xori ekinlarida esa zararkunandalarga qarshi “Entovant Pro” preparatini qo‘llash va sug‘orish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mazkur amaliy tashriflar tomorqa xo‘jaliklariga ilmiy ko‘mak ko‘rsatish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilmoqda. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.