Hamkorlikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas'ullari Xitoy Xalq Respublikasining “Beidahuang Kenfeng Seed Co. Ltd”, “Jiangsu Youjia Plant Protection Co., Ltd” va “Baizhouhongtaimianye” investor kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
Unda respublikamizda kelgusida urug‘chilik, ipakchilik va paxtani qayta ishlash hamda meva-sabzavotchilik sohalarida investitsiya loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Binobarin, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida tizimdagi yangiliklar va bu sohada faoliyat yuritish istagini bildirayotgan xorijiy investor va kompaniyalarning ikki tomonlama manfaatli hamkorlik loyihalarni amaliyotga tatatbiqtilishi uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar, bozor mexanizmiga asoslangan yangi tizimlar bilan ishlash tartibi haqida aytib o‘tildi.
Shuningdek, urug‘chilik, ipakchilik va paxtani qayta ishlash hamda meva sabzavotchilik sohalaridagi investitsiya loyihalarining istiqbolli yo‘nalishlari haqida ma’lumot berishdi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda investitsiya loyihalarini amalga oshirish oldidan kompaniya faoliyati bilan yaqindan tanishish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida vazirlik ishchi guruhi Xitoyga xizmat safariga taklif etildi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram