Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Халқаро hamkorlik

Халқаро hamkorlik
Qulupnay yetishtirishda Janubiy Koreya tajribasi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida koreyalik hamkorlar ishtirokida Koreya tajribasi asosida sifatli qulupnay yetishtirish bo‘yicha fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi. O‘quvlar Janubiy Koreya Respublikasining "DICA" tashkiloti mutaxassislari tomonidan olib borildi. Seminar davomida Koreyada to‘plangan boy tajriba va sifatli ko‘chat yetishtirish, parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning zamonaviy usullari haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar taqdim qilindi. Eslatib o‘tamiz, koreyalik hamkorlar bilan o‘tkazilayotgan bu kabi amaliy ishlar davlatimiz rahbarining 2022 yil 14 iyuldagi “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘lari hisobiga O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. https://t.me/AKIS_milliy_markaz

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.