Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Hamkorlik

Hamkorlik
Ilm-fanda xalqaro hamkorlik Joriy yilning 31 oktyabrь kuni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Latviyaning Bulduri Kolleji rahbari Rafael Djoffe boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Milliy markaz bosh direktori, professor Alisher To‘rayev mamlakatimiz agrar sohasi ilm-fani, bilim va innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligiga izchil tatbiq qilishdagi ilg‘or tajribalar xususida mehmonlarga ma'lumot berdi. O‘z navbatida delegatsiya a'zolari Latviyada agrar soha erishilayotgan yutuqlar, asrlar davomida to‘plangan boy tajriba va bugungi innovatsiyalar xususida qiziqarli mia'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Tomonlar Latviya-O‘zbekiston hamkorligini rivojlantirish loyihalarini, jumladan, agrokimyo, gidroponika, molekulyar biologiya va biologik xilma-xillikni saqlaydigan zamonaviy bog‘dorchilikka bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar xususida fikr almashdi. Uchrashuv yakunida agrar soha ilm-fanini rivojlantirishda faol hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.