hamkorlik

O‘zbekiston – Vengriya: hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston va vengriyalik olimlar qishloq xo‘jaligi ilmini rivojlantirishda izchil hamkorlik qilmoqda. Hamkorlik natijasida erishalayotgan natijalar ham bor. Bu haqda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov va Vengriya qishloq xo‘jaligi va tabiiy fanlar universiteti professori Jolt Polgar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlandi.
Uchrashuvda istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.
Uchrashuvdan so‘ng professor Jolt Polgar O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markaziga hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida bo‘lib, ilmiy muassasa olimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
© O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi binosida joylashgan O‘zbekiston-Vengriya kartoshkachilik ilmiy markazining “in-vitro” laboratoriyasida “Demon”, “Botond”, “Balatoni Rozsa”, “Balatoni Sarga”, “White Lady” navlarining “in-vitro” o‘simligi ko‘paytirilib, o‘stirilmoqda.
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti issiqxona kompleksida kartoshka urug‘ligini yetishtirish uchun Vengriya navlarining mini tuganaklari torfli qutilarda ekib yetishtirilmoqda.
2024 yil may oyining uchinchi 10 kunligidan boshlab Vengriya seleksiyasiga oid kartoshka navlarining mini tuganaklari Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Zomin tumanidagi tajriba stansiyasida ekib ko‘paytirish uchun urug‘lari undirishga quyilgan.
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga obuna bo'ling:
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube