G‘uzorda xorijiy ekin navlari sinovdan oʻtmoqda

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutining G‘uzor tajriba dala maydonida g‘allachilik bilan bir qatorda, tuproq unumdorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi bo‘yicha ham qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
Xususan, institutning "Dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi" laboratoriyasida xorijiy davlatlardan keltirilgan xilma-xil ekin navlari o‘stirilib, ularning murakkab iqlim va tuproq-sharoitlariga moslashuvchanligi (introduksiyasi) hamda duragaylash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu videoda institutning Dukkakli va moyli ekinlar seleksiyasi laboratoriya mudiri Sardor Shermurodov amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot bergan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube