Gurlanning gigant qovoqlari

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm ilmiy tajriba stansiyasida ilmiy izlanishlar yuqori samara bermoqda.
Xususan, Italiyadan keltirilgan yirik mevali qovoq navlarini mahalliy iqlimga moslashtirish va uning birlamchi urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda. Agrotexnik talablar asosida parvarishlangan ushbu qovoqlarning vazni 50 kilogrammgacha yetgan. Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida maxsus lavha ham efirga uzatildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube