GULKARAMNING BAKTERIOZ ( QORA CHIRISH) KASALLIGI

Bakterioz kasalligining o'ziga xos xususiyatlaridan biri o‘simlik barglarida va karam boshida juda ko‘plab diametri 1-3 mm qora dog‘lar hosil bo‘lishidir.
Avvaliga dog‘lar shakli yumaloq, suvli bo‘ladi. Kasallik ta’sirida to‘qimalari nobud bo‘lgach, dog‘lar qo‘ng‘ir-kulsimon yoki qo'ng‘ir tusga kiradi va bir-biriga qo‘shilib ketadi.
Qarshi kurash choralari: dalani o'simlik qoldiqlaridan tozalash, urug‘larga kimyoviy ishlov berish, ekishdan oldin qizdirish orqali ishlov berish, almashlab ekishga rioya qilish kerak. O‘simliklarni amal davrida agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish, ko‘chatxona tuprog‘ini dezinfeksiya qilish, tuproqqa 5 sm chuqurlikda kolloid oltingugurt solish (30-40 kg/ga) va uning 0,40-0,45% suspenziyasi bilan ko‘chat ekish paytida sug‘orish lozim.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube