Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

G‘o‘zaning xorijiy — “MG02” navi

G‘o‘zaning xorijiy — “MG02” navi
Xitoy seleksiyasiga mansub “MG02” g‘o‘za navi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan joriy yilda ilk bor mamlakatimizning turli hududlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. ⌛ Navning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashuvchanligi Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyalari hamda elita urug‘chilik xo‘jaliklarida o‘rganildi. Belgilangan tavsiyalar va agrotexnik tadbirlarga to‘liq amal qilingan maydonlarda “MG02” navining qimmatli belgilari va ijobiy ko‘rsatkichlari namoyon bo‘ldi. Xususan, institutning Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasida parvarish qilingan “MG02” navidan kutilganidan yuqori hosildorlikka erishildi. Bu haqda Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasi laboratoriya mudiri Jamoliddin Jabborov batafsil ma’lumot beradi. Navning xususiyatlari va tajriba natijalari bilan videoda to‘liq tanishishingiz mumkin. Hurmatli fermerlar! Agar “MG02” navi sizda qiziqish uyg‘otgan bo‘lsa, videoni saqlab qo‘ying va fermer tanishlaringiz bilan ulashing. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring! WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.