Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Gʻozada defolyatsiya tadbirlari – sifatli hosil uchun muhim omil

Gʻozada defolyatsiya tadbirlari – sifatli hosil uchun muhim omil
Shu kunlarda mamlakatimiz dalalarida gʻoza pishib yetilmoqda. Oldimizda turgan eng muhim vazifa esa — barcha mehnat samarasi bo‘lgan paxta xom ashyosini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olishdir. Bu jarayonda gʻoza barglarini sunʼiy to‘ktirish, yaʼni defolyatsiya tadbirlarini tez va samarali o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Chunki defolyatsiya o‘z vaqtida amalga oshirilsa, terim jarayoni yengillashadi, hosil sifati va yig‘im-terim surʼati oshadi. Ayni maqsadda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi tegishli ilmiy muassasalar olimlari – jumladan, Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda Respublika agroxizmatlar (AKIS) markazi mutaxassislari yurtimizning barcha hududlarida faol ish olib bormoqdalar. Olim va mutaxassislar agroklasterlar hamda fermer xoʻjaliklari gʻoza maydonlarida amaliy tavsiya va maslahatlar bermoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida defolyatsiya tadbirlari uyushqoqlik va yuqori sifatda o‘tkazilishi paxta hosili o‘z vaqtida va yo‘qotishsiz yig‘ib olinishini taʼminlaydi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.