G‘o‘za parvarishida ilmiy yondashuv: kecha va bugun

Bu yil g‘o‘za parvarishida yangicha yondashuvga alohida e’tibor qaratildi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan g‘o‘za parvarishiga oid sakkiz qonuniyatga amal qilgan fermerlarning dalasida avvalgi yillarga nisbatan mo‘l hosil yetishtirildi.
G‘o‘zaning hosil elementlarini mustahkamlash maqsadida ilgari amaliyotda qo‘llanilmagan achitqi, bor kislotasi va boshqa mikroelementlardan foydalanish, shuningdek, 1-avgustdan boshlab g‘o‘zani Etefon preparati asosida “qaritish”, so‘ngra yengil ta’sir etuvchi defoliant vosita hisoblangan Augron preparatini qo‘llash o‘zining kutilgan natijalarini bermoqda. Ayni kunlarda esa oppoq chamandek ochilgan paxta dalalarida desikatsiya ishlari olib borilmoqda.
Yengil ta’sir etuvchi defoliant — Augron preparatini qo‘llash g‘o‘za barglarining to‘kilishini tezlashtirib, paxtani yig‘ib-terib olish uchun qulay sharoit yaratadi. Buni ijtimoiy tarmoqlarda faol fermerlarning o‘z paxta maydonlaridagi ko‘ngilni quvontiradigan holatlarni aks ettiruvchi videolarni sahifalariga joylayotgani orqali ham kuzatib boryapmiz.
Biz ayni mavzuda g‘o‘za parvarishining kecha va bugungi holatini sun’iy intellekt yordamida tasvirlashga harakat qildik.
Qirq besh soniyalik videoda g‘o‘za parvarishidagi barcha jarayonlarni to‘liq qamrab olish qiyin albatta. Shunday bo‘lsa-da, ushbu video tomoshabinni to‘g‘ri xulosa chiqarishga, yangicha fikrlashga va g‘o‘za parvarishida ilmiy yondashuvga chorlaydi, degan umiddamiz.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube