Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Global iqlim o‘zgarishiga moslashishda ilm-fan va innovatsiyalar muhokama qilindi

Global iqlim o‘zgarishiga moslashishda ilm-fan va innovatsiyalar muhokama qilindi
Joriy yilning 15–16-may kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy ilm-fan yutuqlari, genom va suv tejovchi texnologiyalar, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik orqali global iqlim o‘zgarishlariga moslashishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, global iqlim o‘zgarishlari sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, genom texnologiyalari va seleksiya yo‘nalishidagi zamonaviy yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar. Konferensiyada suv tejovchi texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, iqlim o‘zgarishlariga chidamli ekin navlarini yaratish, urug‘chilik tizimini takomillashtirish hamda agrar sohaga innovatsion yechimlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Tadbir yakunida institut direktori Diyor Jo‘rayev konferensiyaning ahamiyati, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va agrar sohada ilmiy innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida intervyu berdi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.