Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Global iqlim o‘zgarishiga moslashishda ilm-fan va innovatsiyalar muhokama markazida

Global iqlim o‘zgarishiga moslashishda ilm-fan va innovatsiyalar muhokama markazida
Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Zamonaviy ilm-fan yutuqlari, genom va suv tejovchi texnologiyalar, o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik orqali global iqlim o‘zgarishlariga moslashishning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik konferensiya o‘z ishini boshladi. Anjumanning ochilish marosimida Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i To‘xtamurod Otaqulov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Omonov, institut laboratoriya mudiri Shodiyor Xo‘janazarov hamda xorijdan tashrif buyurgan olimlar ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘z olganlar global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligida zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish, suv tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish, genom tadqiqotlari, seleksiya va urug‘chilik sohasidagi innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar. Shuningdek, anjuman xalqaro tajriba almashish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va amaliyotga yo‘naltirilgan yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim maydon vazifasini o‘tashi qayd etildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.