Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish
Toshkent davlat agrar universitetida o‘tayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya mamlakatimiz hamda xorijning nufuzli ilmiy doiralari, xalqaro tashkilotlar va ta’lim muassasalari vakillarini bir maydonga jamladi. Tadbirda Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi prezidenti Tlektes Yesbolov, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakili Shoki Al-Dobai, Rossiya davlat agrar universiteti – K.A. Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori, akademik Vladimir Trukhachev, Shimoliy-G‘arbiy qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti vitse-prezidenti, professor Ma Chuang, hamda Anhui Agricultural University prezidenti Cao Haikun kabi dunyo miqyosida tan olingan olimlar va mutaxassislar ishtirok etmoqda. Konferensiya mehmonlari universitet jamoasini 95 yillik yubiley bilan tabriklab, ushbu ilm dargohi nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa agrar ta’lim va fan sohasida yetakchi o‘rinni egallab kelayotganini ta’kidladilar. Ularga ko‘ra, bu universitet zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvga ega mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy g‘oyalarni amaliyotga joriy etishda muhim platformaga aylangan. Ishtirokchilarning ta’kidlashicha, bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish kabi dolzarb muammolarni hal etishda ana shunday ilmiy muassasalarning o‘rni beqiyos. Toshkent davlat agrar universiteti esa xalqaro hamkorlik, ilmiy izlanishlar va tajriba almashish orqali agrar soha rivojiga salmoqli hissa qo‘shib, o‘zining ilmiy salohiyati va nufuzini yanada mustahkamlab bormoqda. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.