Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Geosiyosiy xatarlar va O‘zbekiston tanlagan yo‘l

Geosiyosiy xatarlar va O‘zbekiston tanlagan yo‘l
Bugungi dunyoda oziq-ovqat xavfsizligi faqat agrar masala emas, balki geosiyosiy barqarorlik masalasiga ham aylandi. Urushlar, savdo yo‘llaridagi uzilishlar, yoqilg‘i va o‘g‘it narxining keskin o‘zgarishi, eksport cheklovi, portlar va logistika yo‘nalishlaridagi xavflar bir mamlakatdagi dalaning hosiliga boshqa qit’adagi siyosiy voqealar ham ta’sir qilishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shunday sharoitda davlatimiz rahbari tomonidan qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan chuqur o‘ylangan islohotlarning mohiyati yanada yaqqol ko‘rinadi. Davlat buyurtmasi va eski ma’muriy tizimlardan bosqichma-bosqich voz kechish, fermer va dehqonga erkinlik berish, g‘alla va paxtada bozor mexanizmlarini joriy etish, suv tejovchi texnologiyalarni kengaytirish, yerdan foydalanishda shaffoflikni oshirish, dehqon xo‘jaliklariga yer ajratish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish — bularning barchasi faqat iqtisodiy islohot emas. Bu tashqi xatarlar kuchaygan davrda mamlakatning oziq-ovqat mustaqilligi va ichki barqarorligini mustahkamlash yo‘lidir. Bugungi geosiyosiy vaziyat bizga bir haqiqatni o‘rgatmoqda: har bir davlat o‘z dasturxonining asosiy qismini o‘zi ta’minlay olishi bilan birga dunyo bozori bilan oqilona bog‘langan bo‘lishi kerak. O‘zbekistonning yo‘li ham shu: ichki bozorni barqaror ta’minlash, fermer daromadini oshirish, eksportni kengaytirish, suv va tuproqni asrash, ilm-fan va texnologiya orqali qo‘shilgan qiymat yaratish. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir muammoni imkoniyatga aylantirish mumkin, qachonki ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalardan to‘g‘ri foydalansak. Bugungi oziq-ovqat siyosati aynan shu tamoyilga tayanmoqda: geosiyosiy xatarlarga javob izolyatsiya emas, balki kuchli ichki ishlab chiqarish, diversifikatsiya, ilmga asoslangan agrar boshqaruv, raqamlashtirish, suv tejamkorligi va insonga yo‘naltirilgan islohotlardir. Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan “2050-yil dasturxoni: Insoniyatni kim va qanday boqadi?” sarlavhali maqolasidan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.