Genetik_resurslarni_asrash

ANOMAL ISSIQ SHAROITIDA O‘SIMLIKLAR GENETIK RESURSLARINI ASRASH — STRATEGIK VAZIFA
Ayni kunlarda kuzatilayotgan anomal issiq o‘simliklarda suv tanqisligi, transpiratsiyaning kuchayishi, fotosintezning pasayishi, barg va mevalarning kuyishi hamda yosh o‘simliklarning nobud bo‘lish xavfini oshirmoqda. Bu holat, ayniqsa, dala genbanklarida saqlanayotgan noyob navlar, mahalliy shakllar, yovvoyi qarindosh turlar va vegetativ ko‘paytiriladigan genotiplar uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
FAO genbank standartlariga ko‘ra, anomal issiq davrida quyidagi choralar ustuvor hisoblanadi:
sug‘orishni ertalab yoki kechqurun, tomchilatib yoki lokal usulda tashkil etish;
tuproq namligini mulchalash orqali saqlash va begona o‘tlarni nazorat qilish;
yosh, introduksiya qilingan va issiqqa sezgir genotiplarni vaqtincha soyalash;
har bir namuna holatini alohida kuzatish, dala xaritasi va accession raqamlarini saqlash;
kasallik va zararkunandalarga qarshi fitosanitar nazoratni kuchaytirish;
kuchsiz o‘simliklarda ortiqcha meva yuklamasini kamaytirish, biroq keskin kesishlardan saqlanish;
favqulodda issiq va qurg‘oqchilik uchun yozma harakat rejasini ishlab chiqish;
qimmatli genotiplarning xavfsizlik dublikatlarini boshqa hudud, in vitro yoki kriosaqlash sharoitida yaratish.
Anomal issiq davrida ko‘riladigan choralar nafaqat o‘simlikni saqlab qolish, balki uning hayotchanligi, genetik yaxlitligi va nav sofligini kelajak avlodlar uchun ta’minlashga xizmat qiladi.
Har bir noyob genotip — kelajakda qurg‘oqchilik, issiqlik va kasalliklarga chidamli yangi navlar yaratish uchun bebaho manbadir.
Genetik xilma-xillikni bugun asrash — ertangi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdir.
BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING!
O'GRITI axborot xizmati
Telegram Instagram
Facebook YouTubeWEB