Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Genetik resurslarni asrash va saqlash oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi

Genetik resurslarni asrash va saqlash oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Milliy markaz tizimidagi O’simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining 100 yilligi munosabati bilan “Global iqlim o‘zgarishlari va oziq-ovqat xavfsizligida o‘simliklar genetik resurslarining roli” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tyapti. Anjumanning ikkinchi ish kuni bugun bevosita O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutining o‘zida bo‘lib o‘tmoqda. Bugun erta tongdan xalqaro simpozium ishtirokchilari poytaxtdan Qibray tumanida joylashgan ilmiy muassasaga tashrif buyurdilar. Mehmonlar dastlab institutda joylashgan Milliy genbank bilan tanishdilar. Shuningdek, dala genbankidagi noyob kolleksiyalar to‘g‘risida ham ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Mehmonlar Milliy genbank bilan tanishar ekan, bu yerda o‘simlik va qishloq xo‘jalik ekinlarining nav namunalarining saqlanishini yuqori baholab, ushbu noyob ob’ekt o‘simliklar turlarini kelgusi avlodlarga saqlab yetkazish va bu namunalar asosida yangi navlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar. Ma’lumot uchun aytish kerakki, ushbu ilmiy muassasadagi Milliy genbankda 44 mingdan ziyod o‘simlik va qishloq xo‘jalik ekinlarining nav namunalari saqlanadi. Shundan so‘ng simpozium ishtirokchilari institutning faollar zalida ilmiy munozaralarni davom ettirdilar. Munozaralarga ishtirokchilar tomonidan "Iqlim o'zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligi uchun genetik resurslardan foydalanish", "G'arbiy sibirda bug'doy yetishtirishning hozirgi holatlari va genetik manbalari", "Hindistonda madaniy ekinlarning ajdodlarini yig'ish, saqlash hamda ulardan foydalanish", "Qozog'iston bug'doy navlarida moslashuvchanlik va hosildorlik bilan bo'liq bo'lgan keng genetik omillarni tahlillari hamda miqdoriy baholash natijalari”, “Oziq-ovqat xavfsizligi va oziqaviyligini yaxshilash uchun ekinlarning genetik xilma-xilligi” kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi. Ma’ruzalarda ko‘tarilgan mavzular bir-biridan farq qilsa-da, asosiy maqsad bugun butun dunyoda kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masala – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Anjuman ishtirokchilari tomonidan ma’ruzalarda ko‘tarilgan muammo va masalalarning yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Xalqaro simpozium ertaga ham davom etadi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.