Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Genetik resurslarni asrash – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy mezonlardan biridir

Genetik resurslarni asrash – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy mezonlardan biridir
Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda genetik resurslarning ahamiyati katta. Boisi o‘simliklarning genetik resurslari strategik resurs hisoblanib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mustahkam hamda ajralmas poydevori hisoblanadi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotiga ko‘ra, dunyodagi 812 ta genbank ro‘yxatga olingan. Ushbu genbanklarning 12 tasi xalqaro va 7 tasi mintaqaviy maqomga ega. Dunyodagi genbanklarning eng yirigi Norvegiyadagi Svalbard global urug'lik omboridir. Shimoliy qutb doirasidan 1300 kilometr uzoqlikda abadiy muzliklar hududida joylashgan ushbu genbank 2008-yil fevral oyida Norvegiya hukumati tomonidan ochilgan dunyodagi eng katta va xavfsiz urug'lik ombori hisoblanadi. Genbank tashkil qilingan 2008-yilda dastlab 90 ming nav namunalari joylashtirilgan bo‘lsa 2024-yil may oyi ma’lumotlariga ko‘ra ushbu genbankda sayyoramizning turli nuqtalarida joylashgan milliy, mintaqaviy va xalqaro genbanklardan jo‘natilgan 1 mln 200 mingdan ziyod o‘simlik va qishloq xo‘jalik ekinlarining nav namunalari saqlanadi. Genetik resurslarni samarali saqlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asosiy mezonlardan biridir. Atrof-muhit va iqlim sharoitining keskin o‘zgarishi, biotik va abiotik omillarning ta’sirida genetik xilma-xillikning pasayishiga ѐki ma’lum bir populyatsiyaning biogeotsenoz zanjiridan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin. Mazkur muammoni hal etishda genetik banklarning ѐki boshqacha qilib aytganda, genofondlarning ahamiyati nihoyatda beqiyosdir. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.