G‘allaning hosildor va sifatli navlarini yaratish bugunning talabi. Respublikamizdagi mavjud yerlarda sifatli g‘alla navlarini ekish va yetishtirish borasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar,…

tajribalar bu yo‘ldagi saʼy-harakatlarning amaldagi ifodasidir.
Jumladan, “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” dasturida namoyish etilgan lavhada Andijon viloyatida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AK tomonidan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha” tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar xususida hikoya qilinadi.
Andijon viloyatidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan uning tajriba maydonlarida ekologik toza va birlamchi bo‘lgan 30 dan ortiq yangi navlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan 21 ta yangi navni mamlakatimizning tuproq va iqlimiga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘tkazilayotgan ko‘rgazmali seminarda aynan ushbu yangi navlar va ularni mamlakatimizning moslashtirilgan hududlariga ekish borasida mutaxasislar tomonidan muhim maʼlumotlar va tavsiyalar berildi.
#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram