Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Foydali_tavsiya

Foydali_tavsiya
PIYOZNI QANDAY SAQLASH MUMKIN? Piyoz qanchalik quruq bo‘lsa, uni ko‘p muddatga saqlash mumkin bo‘ladi. Yig‘ishtirib olish va quritish Dastlab piyoz dalada yaxshilab quritilib, poyasidan ajratiladi. So‘ng piyoz to‘liq qurishi uchun omborxonalarda shamollatib turiladigan sharoitda stellajlarga 18-25 santimetr qalinlikda yoyiladi hamda +20 +25°C haroratda 10-15 sutka davomida saqlanadi. Piyozni past haroratda saqlash usuli keng qo‘llaniladi. Buning uchun doimiy, harorat achchiq navlari uchun -1 -3°C, shirin navlari uchun esa -1°C va havoning optimal nisbiy namligi 80-90% bo‘lishi zarur. Bahorda omborxonada harorat +20 +25°C gacha ko‘tariladi. 20°C va undan ortiq bo‘lgan haroratda piyoz saqlash xonalarida havoning nisbiy namligi 60-70% gacha bo‘lishi kerak. Ko‘kat olish uchun saqlanadigan piyoz Ko‘kat uchun mo‘ljallangan piyozlarni +18 +20°C haroratda saqlagan ma’qul. Saqlash davomida bunday sharoit piyozning tez unib chiqishini ta’minlaydi. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.