Foydali_tavsiya

Qish faslida deraza oldida bodring yetishtiring
Bu usul bilan ko‘p mehnat talab qilinmaydi, biroq yorug‘lik, harorat va namlikka alohida e’tibor qaratish lozim.
Deraza oldida yetishtirish uchun tez pishadigan va kichik o‘lchamli bodring navlarini tanlash zarur. Masalan:
“Mirinda F1”
“Zozulya F1”
“Kucheryaviy F1”
“Aprel”
Bu navlar tez o‘sadi, kichik hajmda hosil beradi va uy sharoitiga mos keladi. Bodringni chuqurligi 25-30 sm bo‘lgan idishlarda yetishtirish mumkin. Idish tubiga drenaj uchun qum yoki kichik toshlar soling.
Bodring urug‘larini avval 0,5% li margansovka eritmasida 20 daqiqa davomida dezinfeksiya qiling va issiq suvda bir necha soat namlang.
Har bir idishga 2-3 dona urug‘ ekiladi va keyinchalik eng kuchli ko‘chat qoldiriladi.
Urug‘larni 1,5-2 sm chuqurlikka ekish kerak.
Ekishdan keyin yerni yumshoq suv bilan namlantiring.
Kunduzi 22-25°C, tunda 16-18°C darajada ushlab turing.
Bodring ko‘p yorug‘lik talab qiladi. Qishda tabiiy yorug‘lik yetarli emas, shuning uchun qo‘shimcha LED yoki fluoressent lampalardan foydalaning. Yorug‘lik kamida 12-14 soat bo‘lishi kerak.
Deraza oynasiga yaqin joylashtiring, lekin sovuq shamoldan himoya qiling.
Bodring suvni juda yaxshi ko‘radi, shuning uchun tuproq doimo nam bo‘lishi kerak, lekin suv to‘planib qolishidan saqlaning. Suvni har 2-3 kunda bering.
Bodring ko‘p oziq talab qiladi, shuning uchun har 10-15 kunda kompleks mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish kerak.
Organik o‘g‘it sifatida chirindi suvi yoki kompostdan foydalanish mumkin.
Zararkunandalardan himoya: Deraza oldida ko‘p hollarda parraklar yoki to‘rlar paydo bo‘ladi, ularga qarshi tabiiy usullardan foydalaning (sabunli suv bilan yuvish).
Bodring gullagan vaqtda gullari sun’iy yo‘l bilan changlatiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube