Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

foydali_maslahat

foydali_maslahat
Pekin karami yetishtirishda tuproqni tayyorlash Ertagi ekin hosili yig‘ib olingach, o‘simlik qoldiqlari yig‘iladi va daladan chiqarib tashlanadi, vaqtinchalik sug‘orish egatlar yopiladi. Tuproq yetarlicha nam bo‘lsa, yer 25-28 sm chuqurlikda ag‘darib haydaladi. Haydashda ikki yarusli pluglardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Haydash bilan bir vaqtning o‘zida boronalash o‘tkaziladi. Ertagi ekindan so‘ng tuproq qurib qolgan bo‘lsa, yengil haydovoldi sug‘orish o‘tkaziladi va tuproq yetilgach yer haydaladi. Bir yillik begona o‘tlar bilan ifloslangan maydonlarda haydashdan so‘ng kultivator-okuchnik bilan sug‘orish egatlari ochiladi va o‘tlarni undirib olish uchun sug‘orish o‘tkaziladi. Begona o‘t maysalari paydo bo‘lgach, maydon yalpi chizillanadi va sug‘orish egatlari olinadi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.