Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Forumda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov tadbir qatnashchilarini qutlab nutq so'zladi.

Forumda Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov tadbir qatnashchilarini qutlab nutq so'zladi.
"Ilm, fan va innovatsiyalarni qishloq xo'jaligiga tatbiq etishda ayollarning soni va o'rni tobora ortib bormoqda. Agrar sohada ta'lim olayotgan, ilmiy-tadqiqot olib borayotgan olima ayollar salmog'i ham o'sib borayotganini ta'kidlashim o'rinli. Bugun qishloq xo'jaligi ilmiy muassasalarida tadqiqot olib borayotgan olimlarning 40 foizga yaqinini xotin-qizlar tashkil etadi. Paxtachilik, sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik hamda g'allachilik, sholichilik yo'nalishlarida olima ayollarimiz sezilarni natijalarni qo'lga kiritganini e'tirof etisak o'rinli bo'ladi. Ayni vaqtda Milliy markaz tizimida 40 nafar fan doktori ilmiy darajasiga ega olimalarimiz faoliyat yuritadi. Bu forumda ko'tariladigan masalalar aynan ayol-qizlarimizni ilm-fanga, yangiliklar yaratishga bo'lgan harakatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ularning soni yanada oshadi. Men forum qatnashchilariga omad tilayman!" - dedi Shuhrat Otajonov. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.