Fermerlarga dizel yoqilg‘isi uchun 2 million so‘mgacha subsidiya!

Paxta va bug‘doy yetishtiruvchi fermerlar uchun muhim yangilik! 2026-yil 1-apreldan 1-iyulgacha birja savdolari orqali xarid qilingan dizel yoqilg‘isi narxi 1 tonnasi uchun 13 mln so‘mdan oshgan bo‘lsa, oshgan summaning 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan subsidiya sifatida qoplanadi.
Eng qulay tomoni — ariza topshirish shart emas!
Subsidiya Agroportal ma’lumotlari asosida avtomatik (proaktiv) tarzda hisoblanadi.
Subsidiya olish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Dizel yoqilg‘isi birja savdolari orqali xarid qilingan bo‘lishi;
Fermerning ekin maydonlari va ekin turlari Agroportal tizimiga kiritilgan bo‘lishi;
Xarid qilingan dizel yoqilg‘isi agrotexnologik xaritada belgilangan aprel–iyun oylaridagi agrotexnik ishlarda ishlatilgan bo‘lishi.
Hisoblangan subsidiya mablag‘lari Agentlik tomonidan fermerning tijorat bankidagi maxsus hisobvarag‘iga 3 ish kuni ichida o‘tkaziladi.
Agar texnik nosozlik yoki ma’lumotlar almashinuvidagi uzilish sababli ma’lumotlar Agentlikka yetib bormasa, fermer Agentlikka yozma ravishda yoki Agroportal orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube