Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Fermerlar biocharning samarasini amalda sinab ko‘rdi

Fermerlar biocharning samarasini amalda sinab ko‘rdi
Avval xabar berganimizdek,shu kunlarda biochar tayyorlash loyihasida faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklariga karbon kreditlari uchun mablag‘lar to‘liq to‘lab berildi. Shu munosabat bilan Milliy markazda Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan loyihada faol ishtirok etgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda fermerlar loyiha e’lon qilingan dastlabki paytlarda unga ko‘pchilik shubha bilan qaraganini, biroq o‘zlari loyihada ishtirok etib, biochar tayyorlash nafaqat moliyaviy jihatdan manfaatli, balki tuproq unumdorligini oshirishda ham katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidlashdi. Fermerlarning qayd etishicha, biochardan foydalanish tuproq holatini yaxshilash va uning unumdorligini oshirishga xizmat qiladi. Uchrashuv yakunida loyihada faol ishtirok etgan fermerlarga Qishloq xo‘jaligi vazirining tashakkurnomalari topshirildi. Milliy markaz Axborot xizmati esa fermerlarning loyiha doirasidagi tajribalari, fikr va mulohazalari bilan qiziqdi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.