Fargona_noyabr

Yaponiyaning "Sanctuary" vа "DS Drone School Osaka" kompaniyalari bilan hamkorlik o'rnatilmoqda...
Bugun 23-noyabr kuni Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazining ma'muriy binosida Yaponiyaning Sanctuary vа DS Drone School Osaka kompaniyalari direktori Uemura Masatoni bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Qizg'in kechgan uchrashuvda markaz direktor o'rinbosari A.Zulunov va mutaxassis S.Abdukarimovlar Janob Uemura Masatoni bilan “aqlli” qishloq xo‘jaligi tizimini joriy etish, tizimga axborot texnologiyalarini joriy etgan holda dronlar bilan tasvirga olish orqali qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish hamda ekinlarni parvarishlash ishlari samaradorligini oshirish, dronlar yordamida ekinlarni kimyoviy o‘g‘itlashni yo‘lga qo‘yish kabi masalalar bo'yicha o'zaro fikr almashib, hamkorlik qilish bo'yicha kelishib oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Web site | Facebook | Instagram | YouTube