Fargona_hisobot

Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi xodimlari 27(1-kun) -28(2-kun) iyul kunlari EU Ask Facility loyihasi doirasida o'tkazilgan seminarda hamda 28(1-kun) -29(2-kun) iyul kunlari Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UAKIS) hamkorligidagi loyihasini amalga oshirish doirasidagi seminar treningda qatnashdilar.
29- iyul kuni esa Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi hamkorligida viloyatimizning Uchko'prik tumanida paxta, g'alla va meva sabzavotchilik fermer xo'jalik rahbarlari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi. Shuningdek, markazimiz mutaxassislari “Sarvarbek Isroilov”, "Ergash o'ta UMI", "Ro‘zixon Aliyeva", "Mamatov Xolmirza ", "Abduboqi ota 2020", "Chashmai Guliston" "Xonariq saxovati MMTP", "Navro‘z MMTP" va "Bo‘ston MMTP" fermer xo'jaliklarining dala maydonlariga bordilar va u yerda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdilar.