FARGONA_FERMER_EXPO_2022

14-15 dekabr kunlari Farg‘ona viloyat hokimligi va Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi hamda Turkiyalik tadbirkor va qishloq xo‘jaligi vakillari hamkorligidagi "FARG'ONA FERMER EXPO 2022" "Qishloq xo'jaligi, chorvachilik va dorivor o'simliklar investitsion xalqaro tijorat ko'rgazma va kongressi" bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etgan mazkur tijorat ko‘rgazmasida Turkiyaning 16 ta kompaniyalari va 30 nafarga yaqin qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlari ishtirok etishdi va bir nechta yangi shartnoma hamda kelishuvlar amalga oshirildi.
Farg'ona viloyat Agroxizmatlar markazi matbuot xizmati