Fargona_AKIS

FARG‘ONADA AKIS BINOSI QURILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-son farmoni ijrosi doirasida Farg‘ona viloyat Agroxizmatlar markaziga Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar 49-Shodlik MFY, Al-Farg‘oniy ko‘chasi 204 uy (sobiq Farg‘ona politexnika instituti qoshidagi Yormozor akademik litsey binosi) da qurish va ta'mirlash ishlarini olib borish uchun 39 200 640 082,0 (o‘ttiz to‘qqiz milliyard ikki yuz million olti yuz qirq ming sakson ikki) so‘m ajratilgan. Jami shu kungacha 20 mlrd so‘mlik binoda ta'mirlash va qurilish ishlari amalga oshirilgan.
Ta'mirlash ishlari 2022 yil yakuniga qadar to‘liq yakunlanib, foydalanish uchun topshirilishi belgilangan.
Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Web site | Facebook | Instagram | YouTube