Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

FAO:"Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ishga tushadi

FAO:"Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi ishga tushadi
Bugun BMTning Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti (FAO)ning Turkiya va Markaziy Osiyo faollari online mulaqoti bo'lib o'tidi. Unda qishloq xo'jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi turkiy xalqlar ayollarini qo'llab-quvvatlash, ilmiy va amaliy tajribalarini oshirish borasida yangi dastur ishga tushirilishi haqida so'z bordi. Ushbu loyiha qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini osonlashtirish va shu asosda hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Videokonferens-aloqa shaklida o'tgan muhokamalarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligidan loyiha milliy koordinatori, Bilim va innovatsiyalar Milliy markazi bo'lim boshlig'i o'rinbosari Nabira Djumabayeva ishtirok etdi. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.