Қизиқ fakt

Fransiyada kartoshka qanday ommaviylashganini bilasizmi?
Kartoshka Fransiyaga 18 asrda Janubiy Amerikadan olib kelingan. Yangi mahsulot esa fransuzlarni aslo qiziqtirmaydi.
Shunda fransuz agronomi Antuan Parmente kartoshkani fransuzlar orasida noyob mahsulot ekanligiga ishontirish uchun hiyla ishlatadi. Uning g‘oyasi bilan kartoshka dalalari atrofiga qurolli soqchilar namoyishkorona tarzda joylashtiriladi. Kechasi esa "qo‘riqchilar" odamlar kartoshkani "o‘g‘irlashlari" uchun ataylab o‘z postlarini tark etishdi.
Hiyla ish berib, qiziquvchan odamlar kartoshka hosilini o‘g‘irlashadi. Aholi tezda uni tatib ko‘rdi va uning mazasi fransuzlarga ma’qul bo‘ldi. Shu tariqa kartoshkani bozori yurishib ketdi.
https://t.me/AKIS_milliy_markaz