Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Euronews” telekanali orqali xalqaro efirda O‘zbekiston ilm-fanining yutuqlari yoritildi

Euronews” telekanali orqali xalqaro efirda O‘zbekiston ilm-fanining yutuqlari yoritildi
“Changemakers of Uzbekistan” ruknining so‘nggi sonida O‘zbekistonlik olim, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning paxta, bug‘doy va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi innovatsion ishlari haqida maxsus reportaj taqdim etildi. ℹUnda: Paxtada gen-nokaut usuli asosida yaratilgan “Porloq” navlari misolida hosildorlikni oshirish va sifatli tola yetishtirish borasidagi muvaffaqiyatlar; Sho‘r yerlarga chidamli bug‘doy turlari ustida olib borilayotgan tadqiqotlar; Toshkentdagi Genomika va bioinformatika markazi faoliyati, jumladan COVID-19 davridagi ilmiy izlanishlar; Shuningdek, UNESCO tomonidan e’tirof etilgan xalqaro mukofotlar haqida so‘z yuritildi. Mazkur dasturda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Quyidagi havola orqali videoni to‘liq ko‘rishingiz mumkin: https://www.euronews.com/culture/2025/09/02/meet-the-uzbek-scientist-pioneering-genetic-breakthroughs-in-cotton-wheat-and-global-food- Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.