Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Etirof

Etirof
“Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot institutida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, o‘simliklar genetik resurslarini asrash va ulardan samarali foydalanish yo‘lida samarali faoliyat olib borib kelayotgan, ilmiy izlanishlari va fidokorona mehnati bilan ajralib turgan bir guruh ilmiy xodimlar va soha fidoyilari e’tirof etildi. Institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Umidjon Baxadirov tadbirni ochib berdi. Shuningdek, Kasaba uyushmasi raisi va laboratoriya rahbarlari o'zining ezgu tilaklarini bildirishdi. Taqdirlanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning mehnati jamoa oldida munosib qadrlangani alohida ta’kidlandi. Mazkur tadbir xodimlarni yangi ilmiy yutuqlar sari ruhlantirish, jamoada hamjihatlik va mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING! O'GRITI axborot xizmati Telegram   Instagram Facebook WEB https://t.me/OGRITI_Uzbekistan

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.