Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Eslatma

Eslatma
Joriy yilning 4 avgust kuni Farg‘ona shahrida O‘zbekistonda meva-sabzavotchilik II Forumi o‘tkaziladi. Forumda O‘zbekistonning meva-sabzavotchilik sohasidagi fermerlar, qayta ishlovchilar, eksportchilar, mahalliy va xalqaro ekspertlar, korxonalar va OAVlarining vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Forumda quyidagi dolzarb mavzularda prezentasiya va muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan: -Singapur, Germaniya, Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar va Quvayt davlatlari bozorlariga qanday eksport qilish mumkin? -ShirinMeva agrobiznes mobil ilovasi taqdimoti; -Tadbirkorlarning o‘zaro B2B uchrashuvlari; -ShirinMeva agrobiznes jurnali faoliyati; -Chet ellik importchilarning o‘zbek meva-sabzavot bozori; -Meva va sabzavot ekinlari mahalliy navlarini yetishtirish; -Anorchilar Assosiasiyasi tashkil topishi va faoliyati; -Meva-sabzavotchilik sohasining bugungi holati va istiqbollari. Forumni o‘tkazib yubormang! Murojaat uchun tel.: +998902747787

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.