Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning mashhur brendlari jalb qilinadi. Ushbu zonalardagi korxonalar xalqaro texnik reglamentlar, ekologik va mehnat standartlarini qo‘llashi mumkin bo‘ladi.

Erkin iqtisodiy zonalarga dunyoning mashhur brendlari jalb qilinadi. Ushbu zonalardagi korxonalar xalqaro texnik reglamentlar, ekologik va mehnat standartlarini qo‘llashi mumkin bo‘ladi.
Ular uchun maxsus investitsiyaviy, soliq, bojxona va huquqiy rejim joriy etiladi va xalqaro huquq doirasida arbitraj nizolarini ko‘rib chiqish imkoniyati yaratiladi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bularning barchasi kelgusi besh yilda 180 milliard dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga 1 million yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Har bir kelishuvni loyihaga aylantirish, sarmoyalarni qisqa fursatlarda jalb qilish va ularning samaradorligiga mas’ul, faqat va faqat investitsiya bilan ishlaydigan alohida yangi tizim yaratilishi belgilandi. Bundan tashqari, mahalliy sanoat va kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ham xuddi shunday alohida tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi. “Umuman, iqtisodiyotni raqobatdosh qilish, investitsiyalar samaradorligini oshirish, sanoat tarmoqlarini texnologik transformatsiya qilish mutlaqo yangi yondashuvlarni talab etmoqda. Buning uchun Iqtisodiyot va moliya, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklarining faoliyati tubdan qayta ko‘rib chiqiladi”, – dedi Prezident. Facebook|Instagram|X

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.