Ekspo Doha-2023” — “Yashil sahro, yanada yaxshi atrof-muhit” xalqaro koʻrgazmasiga start beriladi

Mazkur koʻrgazma davlatimiz rahbarining bevosita ishtirok etishlari bilan ahamiyatlidir. Ayni kunlarda davlat tashrifi bilan Qatarda boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ushbu tadbir ochilishiga taklif etilgan nufuzli shaxs hisoblanib, rasmiy "Ekspo Doha - 2023" ushbu tashrif asosida koʻp qirrali sheriklik, hamkorlik aloqalarini yangi qirra va yoʻnalishlarda rivojlantirishga manfaatdor ekanligiga bir ishoradir.
Oʻzbekiston oʻz salohiyatini namoyish etadigan mazkur koʻrgazma asosiy toʻrtta: zamonaviy qishloq xoʻjaligi, texnologiya va innovatsiyalar, ekologik xabardorlik va barqaror rivojlanish mavzusi atrofida boʻlib oʻtadi.Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vazirligi pavilyoni esa boshqalarnikidan ajralib turishi tabiiy. Bu yerda mikrokoʻkatdan tortib, turli iqlim sharoitlariga chidamli oʻsimliklar, sabzavot va ekinlar, dekorativ yashilliklar namoyish etiladi. Arab davlatlari va koʻrgazma uchun bu nihoyatda muhim. Olimlar va ekspertlar jamoasi esa mazkur taqdimotlarning ilmiy asoslarini bo'lishishga tayyor.
Bundan tashqari, organik mahsulotlar, yurtimiz dovrugʻini oshirishga xizmat qiluvchi sarhil mevalar taqdimoti, milliy madaniyatimiz va gastronomik imkoniyatlarimiz targʻiboti ham ayni koʻrgazma kun tartibidan muqim joy olgan.
WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram