Ekologiya va chorvachilik madaniyati – bugunning dolzarb talabi

Bugungi kunda dunyo miqyosidagi eng jiddiy ekologik muammolardan biri — mikroplastiklardir. Tuproq va suvga singib borayotgan plastik chiqindilar nafaqat atrof-muhitga, balki oziq-ovqat xavfsizligi hamda inson salomatligiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning ta'kidlashicha, qishloq xo‘jaligi maydonlarida, ayniqsa paxta dalalarida to‘planib qolayotgan plastik chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirish va dalalarni doimiy ravishda toza saqlash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.
"Dalaga tashlangan har bir plastik bo‘lagi vaqt o‘tishi bilan maydalanib, mikroplastiklarga aylanadi. Bu esa tuproq sifatiga, ekologik muhitga va oxir-oqibat inson salomatligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi", — deya ta'kidladi vazir.
ℹShuningdek, vazir chorvachilikda etika qoidalariga rioya qilish masalasiga ham alohida urg‘u berdi.
Qayd etilganidek, chorva mollarini toza va ozoda sharoitda boqish, ularni sifatli ozuqa va toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, doimiy parvarish qilish nafaqat mahsuldorlikni oshiradi, balki hayvonlar farovonligini ta'minlashning ham muhim mezoni hisoblanadi.
Vazirning fikricha, zamonaviy qishloq xo‘jaligi faqat hosildorlik yoki mahsulot hajmi bilan emas, balki ekologik mas'uliyat va hayvonlarga nisbatan mas'uliyatli munosabat bilan ham baholanadi.
Batafsil – videoda.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram