Efiopiyaning rasmiy axborot agentligi — Ethiopian News Agency (ENA) o‘z rasmiy saytida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning fikrlari keltirilgan maxsus maqola…

chop etdi.
Materialda vazirning 27–29-iyul kunlari Addis-Abeba shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Oziq-ovqat tizimlari bo‘yicha Ikkinchi umumjahon sammiti (UNFSS+4) dagi ishtiroki yoritilgan.
Maqolada Ibrohim Abdurahmonovning barqaror oziq-ovqat tizimlarini yaratishda, hosildorlikni oshirishda va iqlim o‘zgarishi sharoitida aqlli qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda global hamkorlik va ilmiy yondashuv zarurligi haqidagi bayonotlariga alohida e’tibor qaratilgan.
“Bugungi kunda yangi texnologiyalar, samarali logistika, marketing va oziq-ovqat taqsimotini yo‘lga qo‘yish har bir davlat uchun muhim vazifa bo‘lib qoldi. O‘zbekiston ham bu borada faol tashabbuskor,” — deya ta’kidlaydi vazir.
Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va haroratning ko‘tarilishi kabi omillar Markaziy Osiyoda agrar sohaning zamonaviy yechimlar asosida rivojlanishini talab qilayotgani qayd etilgan.
Maqola bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin: https://www.ena.et/web/eng/w/eng_7068483
Website Telegram Facebook YouTube Instagram