Duyisenbay Utambetovning ilmiy faoliyati — “DALA DANALIǴÍ” ko‘rsatuvida

“Qoraqalpog‘iston” telekanalining “DALA DANALIǴÍ” ko‘rsatuvining navbatdagi soni mamlakatimiz agrar sohasi ilm-fani rivojiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan taniqli olim, Milliy markaz tizimidagi Don va sholi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Duysenbay Utambetovning ilmiy faoliyatiga bag‘ishlandi.
Ko‘rsatuvda olimning ilmiy izlanishlari, agrar sohadagi faoliyati, shuningdek, don va sholichilik yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari haqida so‘z yuritiladi.
Ushbu ko‘rsatuvni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali ham tomosha qilishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube