Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Dunyoning 12 mamlakatida faoliyat yuritayotgan KOPIA vakillari Milliy markazda

Dunyoning 12 mamlakatida faoliyat yuritayotgan KOPIA vakillari Milliy markazda
Bugun Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Koreya Respublikasining KOPIA (Korea Program on International Agriculture) markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda KOPIA markazining Osiyo davlatlari bo‘yicha koordinatori Jung Jae A xonim boshchiligidagi delegatsiya hamda Markaz bilan hamkorlik qilayotgan dunyoning 12 ta mamlakati vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston KOPIA bilan hamkorlikda eng yuqori natijalarga erishayotgan davlat sifatida e’tirof etildi. Shuningdek, 2024 yilda xalqaro rivojlanish sohasida faxrli tashkilot sifatida tan olingan Milliy markazga Koreya Respublikasi Bosh vazirining maxsus yorlig‘i Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Von Do Yon tomonidan tantanali ravishda topshirilganialohida qayd etildi. Markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, Milliy markaz va uning tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. U o‘z nutqida KOPIA bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqishi, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish imkoniyatlari kengayishini ta’kidladi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — KOPIA bilan hamkorlik qilayotgan boshqa davlatlar vakillarini O‘zbekiston tajribasi bilan tanishtirishdir. Shu munosabat bilan mehmonlar Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, yangi agrotehnologiyalarni qo‘llash va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. Muloqotdan so'ng mehmonlar Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, zamonaviy o'quv markazi bilan tanishtirildi. Tashrif doirasida KOPIA vakillari ertaga Xorazm viloyatida sholichilikda katta tajribaga ega mahalliy dehqonlar faoliyati bilan yaqindan tanishishlari rejalashtirilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.