Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Dunyo tan olgan markaz endi O‘zbekistonda ham ish boshlaydi

Dunyo tan olgan markaz endi O‘zbekistonda ham ish boshlaydi
Xabar berganimizdek, joriy yilning 19–23-fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gulfood” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Tabiiyki, har bir shu kabi tadbir agrar mahsulotlarini dunyo bozorlariga taqdim etuvchi mamlakatlar uchun hamkor hamda sherik topish uchun qulay maydon sanaladi. O‘zbekiston ham bundan istisno emas. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston delegatsiya mazkur ko‘rgazma doirasida bir qator manfaatli kelishuv va hamkorlik memorandumini imzolashga erishdi. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Abu Dhabi Food Hub” kompaniyasi direktori Suresh Vaidhyanathan bilan uchrashuvi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lidagi manfaatli hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishida ham turtki bo‘ldi. Sababi, endi O‘zbekistonda ham ixtisoslashgan oziq-ovqat markazi faoliyat olib boradi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.