Drayver_loyiha

#Sholichilik_ITI
Miliy markazda muntazam o'tkazib kelinayotgan seminarlardan biri bu - institutlarning drayver yo'nalishini belgilab olish. Maqsad, ilm-fan yutuqlarini tezroq tijoratlashtirishga ko'maklashishdir. Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Urug'chilik va urug'shunoslik laboratoriyasi mudiri Baxtiyor Qodirov ham ekspertlarga respublikada sholi urug'chiligini rivojlantirish bo'yicha institutning yana bir loyihasini drayver sifatida taqdimot qildi.
Laboratoriya olimlari ayni vaqtda sholini ommaviy tanlash yo‘li bilan olingan oila urug‘liklarini elektr saralagich qurilmasida saralash (magnitlash), alfa, betta, gamma nurlari bilan nurlash va ekish ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Bu orqali yuqori avlodli, sifatli, urug‘lik materiallarini yetishtirish ko'zda tutilgan.
Shuningdek, institut ilmiy jamoasi "Sholining yuqori avlodli urug'larini yetishtirish bo'yicha" ishlab chiqqan uslubiy qo'llanma bilan ekspertlarni tanishtirib o'tdi. Ushbu qo'llanma fermer va dehqon xo'jaliklari uchun ayni muddao bo'lganini ekspertlar e'tirof etib, drayver loyihani takomillashtirish bo'yicha o'z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube