Drayver_ilmiy_loyihalar

Drayver ilmiy loyihalar iqtisodiy samara berishi kerak
Bugun dehqon bozorlari rastalarini oralasangiz eng qimmat mahsulotlar sitrus va tropik mevalar ekanligiga amin bo‘lasiz. Sababi oddiy, ushbu mahsulotlar imort qilinadi. O‘zimizda yetishtirilgani asosan havaskorlarning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xo‘sh, ushbu mahsulotlarni mahalliylashtirishning iloji bormi, ularning iqlimga mos ko‘chatchiligini tashkil qilishnichi? Bugun Milliy markazda bo‘lib o‘tgan drayvero ilmiy loyihalar muhokamasida Akademik Mahmud Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Abdurahmon Allayorov o‘z taqdimotida aynan mana shu savollarga javob berdi.
Uning maqsadi introduksiya qilingan tropik meva ekinlarini in-vitro sharoitida mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ko‘chatchiligini tashkil etishdan iborat. Bu yo‘nalishda u tadqiqotlarni amalga oshirmoqda. Ekspertlarga tadqiqot jarayonlarida qo‘lga kiritgan natijalari haqida atroflicha ma’lumot berdi. Uning ta’kidlashicha, yurtimizda banan yetishtirishga ishqibozlar safi kengayib bormoqda. Ko‘chat esa chetdan olib kelinadi, biroq import qilingan ko‘chatlar ekilganidan so‘ng nobud bo‘lish holatlari ko‘p. Bundan tadbirkorlar ziyon ko‘ryapti. Bunday holatda to‘g‘ri yechim ilmiy muassasada tayyorlanayotgan sitrus ko‘chatlaridan foydalanish ekanligi ta’kidlandi. Ko‘chatga bo‘lgan ehtiyojni qondirish ilmiy muassasaga daromad keltirish bilan birga import uchun sarflanadigan valyutani tejash imkonini berishi ham taqdimotchi tomonidan ilgari surildi.
Taqdimot so‘nggida ekspertlar va ishtirokchilar taqdimotchiga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bahs-munozaralarga boy o‘tgan seminarda taqdimot muallifi o‘zining ilmiy qarashlari, loyihaning drayver sifatidagi jihatlarini ochib berishga harakat qildi.
Shuningdek, bugungi seminarda Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Ne’mat Umirov ham lalmikor maydonlarda ekish uchun mo‘ljallangan qishloq xo‘jalik ekinlarini qisqa muddatga (uch yil) saqlashga ixtisoshlashgan genbank tashkil etishni drayver loyiha sifatida muhokamaga olib chiqdi. Loyihani drayver sifatida taqdim qilshdan ko‘zlangan maqsadni davlatimiz va hukumatimizning tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida a noyob belgi va xususiyatlarga ega, don sifati yuqori, noqulay iqlim sharoitlarga chidamli, abiotik va biotik omillarga bardoshli bo‘lgan qishloq xo‘jalik ekinlari nav namunalarini qisqa muddatga saqlashni va uning original urug‘chiligini tashkil etishga qaratilganligi bilan asosladi.
Taqdimot so‘nggida mavzular yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube