Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Drayver_ilmiy_loyihalar

Drayver_ilmiy_loyihalar
Drayver ilmiy loyihalar yangi va dolzarb bo'lishi lozim Jahonda aholi sonining tobora oshib borish eng avvalo oziq-ovqatga bo'lgan talabni oshirib bormoqda. Bu o'z navbatida qishloq xo'jaligi olimlariga ertapishar va hosildor navlar yaratishdek mas'uliyatni yuklamoqda. Bugun Milliy markazda bo'lib o'tgan drayver loyihalar muhokamasida Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Mirzaosim Mirzasoliyev "Ultra ertapishar piyoz navlarini yaratish, urug‘chiligini tashkil etish hamda takroriy ekin sifatida ko‘chatidan mahsulot yetishtirishning samarali usullari” mavzusiga tadqiqotlar natijalari taqdimot qildi. Bunda olim piyozning "Ravnaq" va "Bahoroy" navlarini tanlab olib fenologik kuzatuvlar o'tkazgani erta kuzgi muddatda 0,30 ga maydonga urug’i sepib, undan 650 kg superelita va 870 kg elita onalik piyozbosh urug’liklar tayyorlagani haqida ma'lumot berdi. Tayyorlangan onalik piyozbosh urug’liklari 2023-yil oktabr oyining 3-dekadasida ochiq maydonga urug’ olish uchun ekilgan. Natijada hosildorlik gektariga 59,0 t/ga ya'ni 106 % ga yuqori bo‘lgan. Ushbu ultra ertapishar nav kuzgi piyoz navlarining yangi avlodi bo'lib, vegitatsiya davri 110 kun atrofida, ushbu nav fevral oyidan boshlab jadal ravishda hosilga kiradi. Olim bu tadqiqotni 2021-2023 yillar davomida olib borilgani va ijobiy natijaga erishilgani ma'lum qildi. ⌛Ekspertlar ushbu tadqiqot natijalarini e'tirof etdi. Biroq drayver ilmiy loyihalar muhokamasiga yangi, ta'bir joiz bo'lsa "tesha tegmagan" mavzularni olib chiqish lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, bugungi seminarda Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Bahodir Tog'ayev ham "Noan'anaviy energiya manbaalaridan foydalanib, urug'larning unuvchanligi, sifat ko'rsatkichlari va hosildorligini oshirishga qaratilgan elektrotexnologiyalarni ishlab chiqish" mavzusida olib borayotgan tadqiqotlarini drayver loyiha sifatida ilgari surdi. Olimning ta'kidlashicha ko'zlangan asosiy maqsad urug' va ko'chat usulida sholi ekishni ta'minlaydigan elektrotexnologiya va qurilmani ishlab chiqishdan iborat. Ayni vaqtda ushbu qurilmaning tajriba nusxasi uchun dastlabki talablar ishlab chiqilayotganini ma'lum qildi. Ekspertlar ilmiy-ishlanmani mukammal yaratish uchun xorij tajribasini yaxshiroq o'rganish va drayver loyihani yanada takomillashtirish bo'yicha zarur tavsiyalar berdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.