Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Drayver ilmiy loyihalar muhokamasi

Drayver ilmiy loyihalar muhokamasi
Ma’lumotlarga ko‘ra dunyo bo‘yicha umumiy g‘o‘za maydonining 45 foizi sug‘oriladigan yerlar ulushiga to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan yerlarning 45,93 foizi egatlab, 12,47 foizi tomchilatib sug‘oriladi. Bu borada O‘zbekistonda tomchilatib sug‘orish joriy etilgan maydon 446,5 ming gektarni tashkil qilsa, shuning 253,3 ming gektari paxtaga to‘g‘ri keladi. Tomchilatib sug‘orishda foydalanilayotgan suv tejovchi texnologiyalar bor-yo‘g‘i 37 % ni tashkil etadi. Ushbu ma’lumotlar Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor M. Avliyoqulovning bugun Milliy markazda bo‘lib o‘tgan drayver ilmiy loyihalarga bag‘ishlangan seminardagi taqdimotidan olingan. Taqdimotchining ma’lum qilishicha, suvda eruvchan mineral o‘g‘itlarni qo‘llash orqali g‘o‘zadan 52,0 s/ga paxta hosili olinib, egatlab sug‘orishga nisbatan tomchilatib sug‘orish hisobiga 8,4 s/ga, suvda eruvchan o‘g‘itlar hisobiga 7,2 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan. Bugungi drayver ilmiy loyihalar muhokamasida Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Rauaj Seytboyevning “Qoraqalpog‘iston sharoitida kungaboqarning oddiy va murakkab duragaylashdan qurg‘oqchilikka bardoshli boshlang‘ich ashyolarini yaratish” mavzusidagi ilmiy ishi ham ekspertlar tomonidan muhokama qilindi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.