Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi

Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vitse-prezidenti Ingming Yang boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida bankning Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘yicha rahbarlari, ekspertlar hamda OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari qatnashdi.
⌛ Mehmonlarni Birlashma direktori D. Utambetov samimiy kutib oldi va tashkilotning ilmiy hamda ishlab chiqarish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.
Xususan, chorvachilik uchun oziqaviy qiymati yuqori bo‘lgan istiqbolli ekinlar — mogar, amarant, afrika tarigi, chumiza, jo‘xori, soya, mahsar, kunjut, kungaboqar, kuzgi arpa va tritikale bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida mazkur ekinlarning barqaror yem-xashak bazasini shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, qurg‘oqchilik va sho‘rlanish sharoitida yetishtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Davlat sinoviga topshirilgan yangi navlarning chorvachilikdagi amaliy ahamiyati ham alohida qayd etildi.
Tashrif doirasida fermer xo‘jaliklari va olimlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Unda ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, yem-xashak bazasini kengaytirish, shuningdek, yangi navlarni sinovdan o‘tkazish va joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB| Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube